Lineker: "Messi, shunchaki Messi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker Argentina sardori va hujumchisi Lionel Messining Amerika kubogida ko'rsatayotgan o'yinlari haqida gapirdi.
"Amerika kubogida Messidan yana bir jarima zarbasi. 4 ta gol, 4 ta golli uzatma. Messi shunchaki Messi", - deb yozdi Lineker o'zining tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Messi kecha Amerika kubogi chorak finalida Ekvador terma jamoasi darvozasiga mazkur musobaqadagi o'zining ikkinchi jarima zarbasidan golini urdi. U turnirning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida birinchi o'rinda turadi.
Yarim finalda Argentina Kolumbiyaga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225