Keyn: "Yarim finalda yutqazish nima ekanligini yaxshi bilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Angliya terma jamoasi Ukrainani 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Evro-2020 yarim finaliga yo'l oldi. O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Harri Keyn bahs yakunidan ko'p o'tmay intervyu berdi.
"Ko'plab futbolchilarimiz Jahon chempionatining yarim finalida o'ynashgan va finalga bir qadam qolganda mag'lub bo'lish achinarli ekanligini yaxshi bilishadi. Hozircha Evro-2020 biz uchun yaxshi o'tmoqda, biz to'xtamayapmiz. Biz katta turnirlarda g'olib chiqishni xohlaymiz", - dedi Keyn.
Evropa chempionatining yarim finalida Angliya "Uembli"da Daniya bilan to'qnash keladi. O'yin 7-iyul kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195