Amerika kubogi. Messi gol urgan o'yinda Argentina yirik hisobda g'alaba qozonib, yarim finalga chiqdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Amerika kubogi musobaqasida to'rtinchi chorak final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Argentina terma jamoasi Ekvador bilan to'qnash kelib, ishonchli hisobda g'alaba qozondi.
Birinchi bo'lim so'ngida Rodrigo de Paul hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taym tugashiga 6 daqiqa qolganida Lautaro Martines hisobdagi farqni oshirdi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Lionel Messi uchinchi golni urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, "albisileste" yarim finalga chiqdi va final yo'llanmasi uchun kurashda Kolumbiya bilan bahs yuritidi.
Amerika kubogi, chorak final
Argentina – Ekvador 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 40 de Paul, 2:0 – 84 Martines, 3:0 – 90+3 Messi.
Argentina – Martines, Molina, Petstselya, Otamendi, Akunya, de Paul, Paredes (Rodriges, 71), Lo Chelso (Di Mariya, 71), Messi, Martines (Aguero, 90), Gonsales (Talyafiko, 83).
Ekvador – Galindes, Presiado (Kampana, 83), Arboleda, Inkapie, Estupinyan, Franko (Kaysedo, 70), Grueso (Estrada, 46), Mendes, Mena, Valensiya, Palasios (Plata, 46).
Ogohlantirishlar: Presiado (20), Franko (31), Estupinyan (44), Otamendi (45), Gonsales (66).
Chetlatish: Inkapie (90).

Bosh sahifaga
183