Sancheshga ingliz grandlari «og'iz solgan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

«Liverpul» va «Arsenal» klublari «Lill»ning portugaliyalik yarimhimoyachisi Renatu Sancheshga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Manbaga ko'ra, ingliz klublari yozgi transferlar vaqtida futbolchini sotib olishni o'ylamoqda. Renatu Evro-2020da yaxshi natija ko'rsatdi va top-klublarning e'tiborini tortdi. «Lill» portugalni sotishga tayyor, chunki u moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda.
O'tgan mavsumda 23 yoshli Sanchesh «Lill» safida barcha musobaqalar doirasida 29 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va to'rtta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159