Under transferi borasida kelishib olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Rimning «Roma» klubi va Turkiya terma jamoasi hujumchisi Chengiz Under «Marsel»ga o'tishga yaqin turibdi, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira o'zining tvitter sahifasida.
Manbaga ko'ra, frantsuz klubi 10 million evroga sotib olish sharti bilan bir yillik ijara shartnomasini tuzib chiqqan. Shuningdek, «Roma» futbolchining keyingi transferidan 30 foizini olish huquqiga ega.
O'tgan mavsumda 23 yoshli Under «Lester» safida ijarada o'ynagan edi. U ingliz klubi tarkibida 19 uchrashuv o'tkazib, ikkita gol urdi va uchta golli pas berdi.
Uning «Roma» bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi. Under Turkiya terma jamoasi safida 32 ta o'yin o'tkazgan va to'qqizta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171