Yana bir o'zbek futbolchisi «Jenoa»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 286

Rossiyalik insayder Nobel Arustamyanning xabariga ko'ra, «Jenoa» klubi O'zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» futbolchisi Ibrohimxalil Yo'ldoshevni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
20 yoshli himoyachining transferi shu yozda amalga oshishi mumkin. Muzokara bilan ProSportManagement va Valerio Juffrida shug'ullanadi. Aynan ular Shomurodovning «Jenoa»ga o'tishi bilan shug'ullangan edi.
Agar Yo'ldoshev Italiyaga o'tmoqchi bo'lsa, 2021/22 yilgi mavsumni «Son»da o'tkazishiga to'g'ri keladi. Italiyaga Evropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlardan keladigan legionerlar bilan bog'liq shartlardan biri. «Jenoa» rahbariyati Yo'ldoshevning Shveytsariyada o'tkazadigan bir mavsumi o'zi uchun foydali bo'ladi deb hisoblaydi — Evropaga moslashadi, tilni mukammal o'rganib, 2022 yilda Genuyaga tashrif buyuradi.
«Jenoa» Eldor Shomurodovni sotishni rejalashtirmayapti. Rahbariyat yana yarim yilda futbolchining narxi oshishini taxmin qilyapti.
Ibrohimxalil Yo'ldoshev joriy mavsum «Paxtakor» safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Eldor Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 31 o'yinda maydonga tushib 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
175