So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Prevyu: Chexiya - Daniya
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Bugun chorak finalning qolgan ikkita o'yini o'tkaziladi. Undan Daniya va Chexiya o'rtasidagi o'yin ham o'rin olgan. Quyida har ikki terma jamoaga oid o'yinoldi ma'lumotlari bilan tanishishingiz mumkin.
Evropa chempionatlari doirasida ushbu jamoalar uchinchi marta to'qnash kelishadi. Oldingi ikkita bahs chexlar foydasiga hal bo'lgan: Evro 2000 guruh bosqichida 2-0 hisobida, Evro 2004ning chorak final bahsida 3-0 hisobi qayd etilgan.
Chexiya ushbu bosqichga nimchorak finalda Niderlandiyani 2-0 hisobida taslim qilib etib kelgan bo'lsa, daniyaliklar Uels termasini yirik, 4-0 hisobida ishonch bilan enga olgan.
Eriksen «yiqilgan» tunda Finlandiya bilan bahs yuritilgan edi. Shundan keyin Daniya deyarli barcha o'yinni o'zi uchun ijobiy hal eta oldi. Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Xyulmand matbuot anjumanida o'z jamoasi o'yinlariga to'xtalib o'tarkan: «Agar biz barcha o'yinlardagi kabi erkin o'ynay olsak, g'alabaga erisha olamiz. Bizning o'yinimizda eng asosiysi jamoaviy va shiddatli o'yin. Qanday vaziyatda qolishimizdan qat'iy nazar ohirigacha kurashamiz. Ko'plab jamoalarni ko'rganmiz: autsayderlar favoritlarni jipslik bilan mag'lub qila olgan. Bugun shogirdlarimdan barcha narsani maydonga tashlab ketishini so'ragan bo'lardim. Erkinlik – futbolchilarni o'zini namoyon qilishi uchun yaxshi imkoniyat.
Chexiya murabbiyi Yaroslav Slavi ham o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: »Raqibning eng katta yutug'i ularning jamoaviyligida deb bilaman. Hattoki, Eriksenday etakchisiz ham ular ajoyib o'yinlar ko'rsatishmoqda. Daniya o'yin uslubi biznikiga o'xshash. Bugun men o'z jamoamni Bokudagi hayot-mamot jangi uchun tayyorladi. Bizda ham hamjihatlik etarli bo'lsa, raqibni engish qiyin bo'lmaydi deb o'ylayman".
Ushbu qarama-qarshilik o'rtasidagi so'nggi 6 ta uchrashuvning 5 tasi durang bilan tugagan. Rossiya bilan o'yinda 4-1, Uelsga qarshi esa 4-0 hisobini qayd etgan Daniya chempionat tarixida ketma-ket o'yinda 4 ta gol urishga erishgan ilk terma jamoaga aylandi. Evro 2020da ularning hisobida hozircha to'qqizta gol bor. Bundan oldin faqat 1986 yilgi Evroda bundan ko'proq (10 ta) gol urishgan edi.
Bu Chexiya Respublikasining Evro tarixidagi to'rtinchi marta chorak finalga chiqishi. Avvalgilarining 3 tadan 2 tasida bu bosqichdan muvaffaqiyatli o'ta olgan(1996, 2004), bittasida esa(2012) Portugaliyaga 1-0 hisobida engilgan edi.
Daniya ushbu musobaqada darvoza tomon shu paytgacha har bir o'yinda o'rtacha 18,8 ta zarba bermoqda. Shulardan 7,3 tasi aniq nishonga borgan. 1992 yilgi Evropa chempionlari 1966 yildan beri bu borada eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi.
Bugun ham shiddatli va tezkor o'yin ko'rishdan umidvormiz. Harxolda, raqiblar bir biriga juda mos!
Jaloliddin Ismatov