Manchini: «G'alabaga haqlimiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Evro-2020 1/4 finalidan o'rin olgan Belgiya (2:1) bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yinning biror qismida biz uchun qiyin bo'ldi, deb o'ylamayman. Belgiya kabi jamoani mag'lub etish uchun benuqson o'ynash kerak va bugun aynan shunday bo'ldi.
2ta to'p kiritdik, bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Menimcha, mutlaqo munosib g'alaba. Keyingi raqib — Ispaniya. Endi faqat yarimfinal va undagi g'alaba haqida o'ylamoqchimiz», — deya Manchinining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236