De Bryuyne: "Italiyaning ikkinchi goli ajoyib"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne Evro-2020 1/4 finalidan o'rin olgan Italiyaga (1:2) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«O'ylashimcha, ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha narsani qildik. Raqib ikkinchi golni ajoyib tarzda urdi, ammo birinchisida ko'proq o'zimizning aybimiz bo'lishi mumkin.
Italiya to'pga ko'proq egalik qildi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Turnirni tark etish xafa qildi.
Men uchun so'nggi 5 hafta juda g'alati o'tdi. Avval EChLdagi, keyin Portugaliyaga qarshi bahsdagi jarohat. Maydonga tusha olganim uchun tibbiy xodimlarimizdan minnatdorman. Ular haqiqiy mo'jiza yaratishdi.
So'nggi 4ta yirik turnirda kamida chorakfinalgacha chiqdik. Evro-2016da Uelsdan uchralgan mag'lubiyatni inobatga olmasa, bizda fojiali muvaffaqiyatsizlik bo'lmadi», — deya de Bryuynening so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
231