Italiyadan o'ziga xos rekord
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Kecha Italiya Evro-2020 chorak final bahsida Belgiyani (2:1) mag'lub etdi.
Roberto Manchini jamoasi saralash bosqichini ham qo'shganda Evrodagi g'alabali seriyasini 15ta o'yinga etkazdi va rekord o'rnatdi.
Bungacha Italiya rekordni Belgiya bilan bo'lishib turgandi. Ammo Roberto Martines jamoasining g'alabali seriyasi 14 o'yindan so'ng yakuniga etdi.
Eslatib o'tamiz, Italiya yarim finalda Ispaniyaga qarshi o'yin o'tkazadi. Mazkur bahs 6-iyul kuni Toshkent vaqti bilan tungi 00:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233