Italiya terma jamoasi o'z rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Italiya terma jamoasi Evropa chempionatining chorak finalida Belgiyani mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Roberto Manchini jamoasining mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 32ta uchrashuvga etdi. "Skuadro adzurra" bu borada o'z rekordini yangiladi. Manchini 2018 yilning may oyidan buyon terma jamoani boshqarib keladi.
Avvalgi rekord 1935-1939 yillarda o'rnatilgan bo'lib, o'shanda Vittorio Potstso boshqaruvidagi Italiya ketma-ket 30ta o'yinda yutqazmagan edi.
Italiya terma jamoasi Evro-2020 yarim finalida Ispaniya bilan to'qnash keladi. Bahs 6 iyul kuni London shahrida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192