Evro—2020. Italiya Belgiyadan ustun keldi va yarim finalga yo'l oldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Evro—2020 chorak finali doirasida Belgiya va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 2 iyul, juma kuni bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Nikolo Barella italyanlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Lorentso Insine uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, ikkinchi golni urdi. Birinchi bo'limda qo'shib berilgan vaqtda Belgiya terma jamoasi penalti ishlab oldi, uni Romelu Lukaku golga aylantirdi.
Ikkinchi bo'limda hisob o'zgarmadi va Italiya yarim final yo'llanmasiga ega bo'ldi. Roberto Manchini shogirdlari keyingi bosqichda Ispaniya bilan o'ynaydi.
Evro—2020, 1/4 final bahsi
2 iyul, juma
Belgiya — Italiya 1:2
Gollar: 0:1 – 31 Barella, 0:2 – 44 Insine, 1:2 – 45, penalti Lukaku.
Belgiya: Kurtua, Vermalen, Alderveyreld, Vertongen, Mene (Shadli, 70; Prat, 74), Tilemans (Mertens, 69), Vittsel, de Bryuyne, Azar, Doku, Lukaku.
Italiya: Donnarumma, Bonuchchi, Kellini, Di Lorentso, Spinatstsola (Emerson, 79), Verratti (Kristante, 74), Jorjino, Keza (Toloi, 90), Barella, Insine (Berardi, 79), Immobile (Belotti, 74).
Ogohlantirishlar: Verratti (20), Tilemans (21), Berardi (90).

Bosh sahifaga
193