Unai Simon: «Men Zommerga o'yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinni bergan bo'lardim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon Shveytsariyani mag'lubiyatga uchratganidan (1:1, pen 3:1) va Evro-2020 musobaqasining 1/2 finaliga chiqqandan so'ng o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Futbol adolatli bo'ldi, biz o'z kuchimiz bilan g'oliblikka erishdik. Bir marta "Betis"ga qarshi o'yinda ikkita penaltini qaytargandim. Bugun ikkinchi marta bu ishni uddaladim.
Men Zommerga uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi uchun sovrinni bergan bo'lardim. Sababi, u jamoasining yarim finalga olib chiqish uchun qo'ldan kelganicha g'arakat qildi», deydi «Atletik» klubi darvozaboni.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223