Shik terma jamoasi rekordini o'rnatishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Chexiya terma jamoasining 25 yoshli hujumchisi Patrik Shik joriy Evropa chempionatida vatandoshi Milan Baroshning rekordini yangilashi mumkin.
Gap shundaki, Shik ertaga Daniya darvozasiga 2 ta to'p kiritsa terma jamoasi tarkibidagi Evroda urgan gollari sonini 6 taga etkazib oladi va bu chexiyalik futbolchilar uchun mutlaq rekord. Milan Baroshning gollari esa 5 tani tashkil etadi.
3 iyul, shanba kuni Chexiya terma jamoasi chorak finalda Daniya bilan to'qnash keladi. Bokuda bo'lib o'tadigan o'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193