Belgya etakchisi Italiya bilan o'yinga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne to'pig'idan olgan jarohatidan to'liq tiklandi.
Sky Sports nashri xabar berishicha, yarim himoyachi allaqachon butunlay sog'lom va Italiya bilan o'yin uchun asosiy tarkibga kirishga tayyor.
Ma'lumot uchun, bugun Evropa chempionatining chorak finalida Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Belgiya Italiyaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Evro-2020 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgan va ikkinchi bo'lim boshida maydonni tark etishga majbur bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206