MYuga ko'chib o'tgan Sancho transferidan «shaharliklar»ga ham foyda tegadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189
33
Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Jeydon Sancho faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi.
The Sun nashrining yozishicha, 2017 yilda Sanchoni «Borussiya»ga sotib yuborgan «Manchester Siti» futbolchining transferidan 15 foiz ulushini olish imkoniyatiga ega.
Oldinroq «Manchester Yunayted» Sancho uchun 85 million evro to'lashi haqida xabar berilgandi. Shunday qilib, «Siti» taxminan 12 million evroga yaqin foydaga ega chiqishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Sancho - «shaharliklar» tarbiyalanuvchisi. U 2015 yildan 2017 yilgacha klub tarkibida bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219