Ben-Arfaga Liga 1 chempionidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Frantsiyaning «Lill» klubi Xatem Ben-Arfa xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. 34 yoshli futbolchi avvalroq «Bordo»ni tark etgan edi. Hozirda u erkin agent.
Xatem o'tgan mavsum klubi safida 24 ta o'yin o'tkazdi va unda bitta gol urdi. Barchaga ma'lumki, Ben-Arfa «Nyukasl», PSJ va Frantsiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan ommaga tanilgan.
«Lill» keyingi mavsumni Chempionlar ligasida davom ettiradi. Shu bilan birga, jamoada ayni paytda bosh murabbiyning yo'qligini ham qo'shimcha qilish mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219