Madrid sudi Superliga ishi bo'yicha UEFAga nisbatan qaror chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Madrid shahridagi tijoriy ishlar bo'yicha sud Superliga ishi bo'yicha UEFAga nisbatan qaror chiqardi.
Sud qaroriga ko'ra, UEFA Evropa superligasi ta'sischi-klublarini o'z musobaqalaridan chetlatish huquqiga ega emas.
Sudya Manuel Ruis de Lara ta'kidlashicha, agar UEFA ushbu qarorga bo'ysunmasa, tashkilotga nisbatan surishtiruv boshlashi mumkinligini ta'kidladi.
Sud, shuningdek, "Real, "Yuventus" va "Barselona"ga nisbatan boshlangan intizomiy choralarni bekor qilishni talab qildi. Xususan, evrokuboklardan olinadigan daromadning 5 foizi va 15 million evro miqdoridagi xayriya jarimasi bekor qilinishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222