Superliga. Iyun oyining eng yaxshi murabbiy va futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107
.jpg)
O'zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko'ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan iyun oyida Superligada 2 ta tur bahslari va bir qator qoldirilgai uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko'plab futbolchi va murabbiylar o'zlarini ko'rsatishga erishdi.
Ovoz berish natijasiga ko'ra Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida Qarshining "Nasaf" klubi murabbiyi Ro'ziqul Berdiev e'tirof etildi. Uning qo'l ostida "ajdarlar" 3 o'yin o'tkazgan va 2 g'alaba, 1 mag'lubiyatni qayd etgan.

Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida ham "Nasaf" futbolchini Husayn Norchaev topilgan. Iqtidorli futbolchi o'tgan oy qarshiliklar safida 3 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 gol yozdirib qo'ygan.


Bosh sahifaga
196