Immobile: «Belgiyaliklar bizdek g'ayratli emasligiga ishonchim komil»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Italiya milliy terma jamoasi hujumchisi Chiro Immobile Belgiya bilan bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Belgiya FIFA reytingida birinchi o'rinda turadi. Tarkibida ajoyib o'yinchilari bor jamoa - biz ularning qanday imkoniyatlari borligi haqida yaxshi bilamiz. Nisbatan ehtiyot bo'lgan holda odatdagidek o'ynashga intilishimiz kerak.
Ehtimol, belgiyaliklar bizdan ko'ra tajribaliroqdir, ammo bizdek g'ayratli emasligiga ishonchim komil», - deydi Immobile.
Ma'lumot uchun, Belgiya - Italiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234