Birovning ustidan kulmagin zinhor...Vengriya bosh murabbiyi «o'lim» guruhi gigantlarini trol qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Krishtianu Ronaldu, Klian Mbappe va Manuel Noyerlarni trol qildi.
Xabaringiz bor, Portugaliya, Frantsiya va Germaniya terma jamoalari turnirning 1/8 final bosqichida yutkazib, Evro-2020ni kutilganidan ertaroq tark etishdi. Vengerlar ushbu jamoalarga qarshi guruh bosqichida kurash olib borishdi va juda yaxshi taassurot qoldirishdi.
- Tez orada sohilda ko'rishguncha! - deb yozadi Marko o'z instagram sahifasida va plyajda chamadonlar bilan turgan futbolchilarning yasama suratini keltiradi.
Rossi bu bilan «o'lim» guruhidagi gigantlarning pley offning ilk bosqichidayoq qoqilishini qattiq trol qilmoqchi bo'ldi.
Evro guruh bosqichida vengerlar sensatsion tarzda frantsuzlar va nemislardan ochko tortib olishdi va hatto pley-offga chiqishga yaqin kelishgan edi.

Bosh sahifaga
234