Messi bugundan «Barselona» futbolchisi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi bugundan erkin agentga aylandi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi kecha — 31 iyun kuni yakuniga etdi.
Avvalroq "Barsa" qarzlarni yopish va Messi bilan yangi shartnoma imzolash uchun 200 million evro miqdorida investitsiya jalb qilishi kerakligi haqida xabar bergan edik.
«Ko'k-anorranglilar» mazkur yozgi transfer paytida 4 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashdi: Serxio Aguero, Erik Garsia, Emerson Royal va Memfis Depay. Shundan so'ng Kataloniya klubining moliyaviy ahvoli yanada og'irlashdi.
Messi «Barselona»ning asosiy jamoasida 2003 yilda debyut qilgan. Bu vaqt davomida u klub safida 778ta o'yinda maydonga tushib, 672ta gol va 305ta assist muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
256