«Barsa» Messining shartnomasini soliq organi bilan maslahatlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

«Barselona» klubi rahbariyati Lionel Messi bilan tuziladigan yangi shartnoma borasida ishlamoqda.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi bugun yakuniga etadi. Ammo klub Messining qolishiga ishonmoqda.
Rahbariyat yangi shartnoma bilan bog'liq ishlarni yaqin orada yakuniga etkazmoqchi. Jumladan, «Barsa» keyinchalik muammo chiqishini oldini olish maqsadida shartnomaning moliyaviy tomonlarini La liga va soliq inspektsiyasi bilan muhokama qilmoqda.
Avvalroq Messi "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma evaziga 240 million evro ishlab topishi haqida xabar tarqalgandi. U ikki yilni o'yinchi sifatida, keyingi 2 yilni esa klubning AQShdagi elchisi sifatida o'tkazadi.

Bosh sahifaga
198