Fonseka yangi klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Donetskning «Shaxtyor» va «Roma» klublari sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka «Fenerbaxche» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Istanbuldagi klub rahbarlari allaqachon Fonseka bilan shartnomaning barcha shartlarini kelishib olishgan. Tez orada bitim haqida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fonseka 2020/2021 yilgi mavsum tugagandan so'ng ishsiz qoldi. «Roma» rahbarlari portugaliyalik mutaxassis bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169