La liga. Yangi mavsumdagi «el-klasiko»lar sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Ispaniya chempionatining yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, La liga doirasida «Barselona» va «Real» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv qachon bo'lib o'tishi aniq bo'ldi.
Dastlabki uchrashuv 24 oktyabr kuni «Kamp Nou»da, javob bahsi esa 20 mart kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi.
Primeraning yangi mavsumi 15 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilgan. «Real» dastlabki turda «Alaves» bilan, «Barselona» esa «Real Sosedad» bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171