Evro-2020. Ukraina va Angliyaning chorak finalgacha bosib o'tgan yo'li bilan tanishing
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Evropa chempionati-2020 chorak final doirasida Ukraina va Angliya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Ularning bosib o'tgan yo'lini eslatib o'tamiz.
UKRAINA
Ukraina terma jamoasi "C" guruhida Niderlandiya, Avstriya va Shimoliy Makedoniya bilan bir guruhdan joy olgan holda 1 g'alaba, 2 mag'lubiyat qayd etishdi hamda uchinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.
Pley-offda Shvetsiya termasi ekstra-taymlarning oxirgi daqiqasida Dobvik tomonidan kiritilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag'lub etildi.
"C" guruhi natijalari
13/06 Niderlandiya 3-2 Ukraina (Amsterdam)
17/06 Ukraina 2-1 Shimoliy Makedoniya (Buxarest)
21/06 Ukraina 0-1 Avstriya (Buxarest)
Nimchorak final
29/06 Shvetsiya 1-2 Ukraina (ekstra taymlar) (Glazgo)
Chorak final
03/07 Ukraina - Angliya (Rim, 23:55)
Evro-2020 dagi to'purarlar: Roman Yaremchuk, Andrey Yarmolenko (2 gol)
Evropa chempionati saralashida: 8 o'yin, 6 g'alaba, 2 durang, to'plvr nisbati: 17-4.
Evro saralashidagi to'purar: Roman Yaremchuk (4 gol).
Ukraina terma jamoasining eng yaxshi natijasi guruh bosqichi hisoblanadi (2012, 2016). O'tgan Evropa chempionatida guruhdan chiqa olmagan.
Bosh murabbiy: Andrey Shevchenko
Chempionlar ligasini 2003 yilda, "Oltin to'p"ni 2004 yilda yutgan sobiq hujumchi 67 goli bilan Evrokuboklarda gol urgan futbolchilar orasida oltinchi o'rinda.
Asosiy o'yinchi: Andrey Yarmolenko
"Vest Xem" yarim himoyachisi Evro-2020da ikki gol va ikki assist muallifiga aylandi. Uning terma jamoadagi gollari 42ta va assistlar soni 22tani tashkil etadi.
O'yinini ko'rish kerak bo'lgan futbolchi: Ilya Zabarni
Niderlandiyaga qarshi maydonga tushib eng yosh ukrainalik futbolchi (18 yosh, 285 kun) bo'lgan "Dinamo Kiev" himoyachisi klub va terma jamoa safida ham muhim futbolchi hisoblanadi.
Bilasizmi?
Bu Ukraina terma jamoasining birinchi bor pley-off bosqichlarida qatnashishi. Jamoa 2012 yilda guruhda uchinchi bo'lgan uch ochko bilan. 2016 yilda esa guruhdagi barcha o'yinni boy bergan.
ANGLIYa
Angliya terma jamoasi "D" guruhida Xorvatiya, Chexiya, Shotlandiya bilan bellashdi va 7 ochko to'plagan holda birinchi o'rin bilan pley-offga chiqdi. To'plar nisbati: 2-0.
Nimchorak finalda Germaniya terma jamoasi Rahim Sterling va Harri Keynning gollari evaziga mag'lub etildi.
"D" guruhi natijalari
13/06 Angliya 1-0 Xorvatiya (London)
18/06 Angliya 0-0 Shotlandiya (London)
22/06 Chexiya 0-1 (London)
Nimchorak final
29/06 Angliya 2-0 Germaniya (London)
Chorak final
03/07 Ukraina - Angliya (Rim, 23:55)
Evro-2020dagi to'purar: Rahim Sterling (3 gol)
Evro saralashida: 8 o'yin, 7 g'alaba, 1 durang, to'plar nisbati: 37-6
Evro saralashida to'purar: Harri Keyn (12)
Angliya terma jamoasining Evrodagi eng yaxshi natijasi: 3 o'rin, 1968 yil.
O'tgan Evropa chempionatida nimchorak finalda Islandiyaga 1:2 hisobida imkoniyat boy berilgan.
Bosh murabbiy: Garet Sautgeyt
U futbolchi sifatida 4 yirik musobaqada qatnashgan. Ularning orasida Evro-96 va mashhur yarim finalda Germaniyaga penaltidan gol ura olmagan o'yini ham bor. Murabbiy sifatida JCh-2018da terma jamoasi bilan yarim finalga qadar etib borgan.
Asosiy o'yinchi: Harri Keyn
Angliya sardori va ramziy hujumchisi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda "Tottenhem" safida 33 gol va 17 assistni amalga oshirdi.
O'yinini kuzatish kerak bo'lgan futbolchi: Jud Bellingem
18 yoshli xavbek Angliyaning Evropa chempionatlarida maydonga tushgan eng yosh o'yinchisi. "Borussiya" Dortmundda ko'rsatgan yorqin o'yinlari orqali terma jamoaga jalb etilgan.
Bilasizmi?
Angliya Sautgyet boshchiligidagi "Uembli"da o'tgan 27 o'yinning faqatgina ikkitasida (Ispaniya va Daniya) mag'lub bo'lgan.
Manba: euro2020.com
Bosh sahifaga
137