«Lester» uzoq kutilgan transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Zambiyalik «Red Bull Zaltsburg» hujumchisi Patson Daka «Lester»ga ko'chib o'tdi, deb xabar bermoqda ingliz klubi rasmiy sayti.
Ushbu transfer «tulkilar» uchun 30 million evroga borib tushgan. Shu tariqa, Daka Avstriya chempionati tarixidagi eng qimmat o'yinchiga aylandi. Forvard «Lester» bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Patson uchun jamoa anchadan beri kurash olib borayotgan edi.
O'tgan mavsumda 22 yoshli Daka «Red Bull Zaltsburg» safida barcha turnirlar doirasida 42 uchrashuv o'tkazib, 34 gol urdi va 12 golga uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170