Kulusevski: "Penaltilar seriyasiga etib boramiz deb o'ylagandim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Shvetsiya hujumchisi Deyan Kulusevski Evro-2020 1/8 finalida Ukrainaga uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng, o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz chempionatni bunday ko'rinishda yakunlamoqchi emasdik. Bir kun avval Frantsiyaning o'yinini ko'rganimda futbol o'ynash qiyin ekanligini his qilgandim. Bugun bunga ishonch hosil qilish uchun navbat bizda edi. Futbol bizga ko'p narsalarni taqdim etadi, ammo undan ortiqcha narsa talab qilib bo'lmaydi.
Asosiy vaqtda g'alaba qozonish uchun etarlicha imkoniyatlarni yaratdik. Penaltilar seriyasiga etib boramiz deb o'ylagandim. Raqibimiz esa 120-daqiqada gol urdi. Bu yurakka sanchilgan pichoq kabi ta'sir qildi», — deydi futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
152