Evro-2020. Chorak finalnig markaziy uchrashuvi: Belgiya va Italiyaning shu bosqichga qadar bosib o'tgan yo'li
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Mazkur bosqichda shubhasiz Belgiya va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs markaziy maqomida o'tadi.
24 terma jamoadan sakkiztasi musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda. Biz ulardan ikkitasi haqida to'xtalib o'tamiz.
BEL'GIYa
Belgiya terma jamoasi "B" guruhida Daniya, Rossiya, Finlandiya bilan bellashdi va 9 ochko to'plagan holda birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. Nimchorak finalda esa amaldagi Evropa chempion Portugaliya terma jamoasi minimal 1:0 hisobida mag'lub etildi.
Chorak finalda belgiyaliklarga Italiya to'qnash keladi. Bahs 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanadi.
"B" guruhi natijalari
12/06 Belgiya 3:0 Rossiya (Sankt-Peterburg)
17/06 Daniya 1:2 Belgiya (Kopengagen)
21/06 Finlandiya 0:2 Belgiya (Sankt-Peterburg)
Nimchorak final
27/06 Belgiya 1:0 Portugaliya (Sevilya)
Chorak final
02/07 Belgiya - Italiya (Myunxen, 23:55)
Jamoaning Evro-2020 dagi to'purari: Romelu Lukaku (3 gol).
Evro saralashi doirasida Belgiya 10 o'yinda 10 g'alaba qayd etdi. To'plar nisbati: 40-3.
Belgiyaning Evropa chempionatlardagi eng yaxshi natijasi 1980 yilda qayd etilgan (finalchi).
O'tgan Evroda jamoa Uelsga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan va chorak finalda ishtirokini yakunlagan.
Bosh murabbiy: Roberto Martines
Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan beri Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.
Asosiy o'yinchi: Kevin De Bryuyne
Chempionlar ligasi-2019/2020 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi Evro saralashining 6 o'yinida 4 gol va 7 assist muallifiga aylangan. Shuningdek, o'sha mavsumda APLda 20 assist bilan Terri Anri o'rnatgan rekordni takrorlagan. Belgiya uni Italiyaga qarshi bahsga qadar formasini tiklab olishini istamoqda.
O'yinini ko'rish kerak bo'lgan futbolchi: Yuri Tielemans
"Lester"ning yarim himoyadagi ko'p qirrali futbolchisi, uzoq masofadan o'tkir zarbaga ega 24 yoshli o'yinchi maydonda katta ko'lamdagi ishlarni bajaradi.
Bilasizmi?
Belgiya FIFA reytingiga ko'ra dunyoning eng kuchli terma jamoasi bo'lib turibdi.
ITALIYa
Italiya terma jamoasi "A" guruhida Uels, Shvetsariya, Turkiya bilan bir guruhdan joy oldi va 9 ochko bilan birinchi o'rinni egallagan holda pley-offga chiqdi. To'plar nisbati: 7-0.
Nimchorak finaldagi Avstriyaga qarshi o'yinda ekstra-taymlarda kiritilgan gollar (2:1) Italiyaga chorak final eshigini ochdi.
Yarim final ostonasida "skuadradzurra" Belgiya bilag o'ynaydi.
"A" guruhi natijalari
11/06 Turkiya 0:3 Italiya (Rim)
16/06 Italiya 3:0 Shvetsariya (Rim)
20/06 Italiya 1:0 Uels (Rim)
Nimchorak final
26/06 Italiya 2:1 Avstriya (ekstra-taymlar) (London)
Chorak final
02/07 Belgiya - Italiya (Myunxen, 23:55)
Italiya termasining Evro-2020 dagi to'purarlari: Chiro Immobile, Manuel Lokatelli, Matteo Pessina (2 gol).
Evro saralashida Italiya 10 o'yinda 10 g'alaba qayd etgan. To'plar nisbati: 37-4.
Evro saralashi to'purari: Andrea Belotti (5)
Italiya terma jamoasi 1968 yilgi Evropa chempionatida g'olib chiqqan.
O'tgan Evroda esa chorak finalda Germaniya termasiga imkoniyatni boy bergan (1:1, pen. 5-6).
Bosh murabbiy: Roberto Manchini
Italiya termasida omadi kelmagan bo'lsa ham o'z davrining eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lgan va murabbiylik faoliyatida Italiya, Angliya, Turkiya klubilaridagi muvaffaqitidan keyin terma jamoada ham porlashga o'ch bo'lib turgan murabbiy. Boshlanishi juda ham ajoyib.
Asosiy o'yinchi: Jorjino
Italiya lagerida uni Radio Jorjino deb chaqirishadi. Chunki, futbolchi o'yin paytida ham turli ko'rsatmalar bergan holda sheriklari bilan gaplashadi. Italiyaning miyasi, haqiqiy boshqaruvchisi hisoblanadi.
O'yinini kuzatish kerak bo'lgan futbolchi: Nikolo Barella
Manchini formati shakllanishidagi asosiy maydonning istalgan joyida paydo bo'ladigan futbolchisi. Sardiniyada tavallud topgan va "Inter"ning A Seriya chempionligida asosiy rolni bajargan 24 yoshli xavbek yuqori texnika, kurashlardagi mahorati va ko'p energisi hamda raqib jarima maydoniga to'g'ri vaqtda paytda kirib borishi bilan ajralib turadi.
Bilasizmi?
Musobaqa davomida Italiya ketma-ket qo'lga kiritilgan g'alabalar (12) seriyasi va mag'lubiyatsiz o'yinlar (31) bo'yicha rekordlarni yangiladi.
Manba: euro2020.com
Bosh sahifaga
169