Golf ishqibozi Beylning Madriddagi hayoti haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Garet Beyl «Real»ga ko'chib o'tgandan keyin multimillionerga aylandi. U erda uelslik xizmatlari uchun judayam yaxshi haq to'landi. Bunga 6,5 million funtlik uy-joy va 230 minglik Ferarri, qolaversa avtokollektsiyasida Mersedes, Audi kabi mashinalar borligi isbot bo'la oladi. Qolaversa, u o'z uyining hovlisida mo''jaz golf maydoni barpo ettirgan.
Uyi haqida...
Beyl yuqorida aytganimizdek eng boy madridliklar yashovchi La Finka mavzeyida, qimmatbaho uyda istiqomat qilgan. U erda hatto Ronaldu, Benzema va Ramos kabi jamoadoshlari ham yashagan. Beyl u erdagi uyini futbol afsonasi Kakaga u Madridda o'ynagan payt ijaraga bergan. Ijara narxini esa oyiga 10 ming funt etib belgilagan edi. Beyl Madridda haftalik maoshi 600 ming funt bo'lgan paytlar La Finka hududidan ko'plab ko'chmas mulklar harid qilgan edi.
Avtomobillari haqida...
Beyl Madrid shahri klubida o'ynab, yillar davomida o'z avtokollektsiyasini yaratdi. Uning garajida 165 ming funtlik Mersedes SLS AMG, 152 minglik Bentley Continental GT, 156 minglik Lamborghini Huracan, hamda 230 ming funt-sterlinglik Ferrari GT C4 modellari hoziru nozir edi.
Qolaversa, golf ustasi bo'lgan vinger, «Real»ga Audi motors homiylik qilgan paytlar 65 ming funt qiymatli Audi Q7 50 TDI sportkarini minganligi aytiladi.
Ta'tillari haqida...
Beyl ta'tillarini o'tkazib, dam oladigan joy o'zgacha tabiatli edi. U dam olish uchun mashinasini minib, San Rokega, Andalusiyaga yo'l oladi. Boradigan joyida albatta gol maydonchasi bo'lardi. Beyl hordiq uchun har safar Marbelladagi restarani, bari va plyaji bor bo'lgan 5 yulduzli mehmonxonani tanlardi. U erda barcha sharoitlar yaratilgandi. Mehmonxonadagi xonalarga bir kecha uchun narx 900 evro atrofida belgilangan . Xona narxi o'ta qimmat bo'lishiga qaramay, millioner futbolchi uchun bu arzimagan pul.
Shaxsiy hayoti haqida...
Beylning uylanganiga ko'p bo'lmadi. U 2019 yilda mo''jazgina marosim orqali o'z to'yini nishonladi. Beyl Emma ismli qizga uylangan. To'y Mahorka tropik orolida besh yulduzli mehmonxonada bor-yog'i 60 ta mehmon qarshisida o'tkazildi. Eng qizig'i, mehmonlar tanlab aytilgan va ularga to'ydan atigi 24 soat avval xabar qilingandi. To'y marosimiga kiritishda soqchilar qo'yilgan bo'lib, ular kiritilayotgan mexmonlarning telefonini yig'ish bilan shug'ullangan. Ya'ni hech kimga to'yni rasmga olish va s'yomka qilishga ruxsat etilmagan. Ana shunaqa gaplar...
Xullas, Beylning Madridda yaratgan shohona hayotini ko'rib, nima uchun jamoani tark etishni istamasligini bilib olasiz.
Jaloliddin ISMATOV

Bosh sahifaga
172