«Liverpul» Otavio uchun narxni ko'tarishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Avvalroq, «Portu» yarimhimoyachisi Otavio klubini o'zgartirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Qayd etilishicha, futbolchining transferi uchun «Liverpul» harakat qilib ko'radi. «Qizillar» yarimhimoyachi uchun 23 million evro taklif qilishgan.
Biroq, «Portu» inglizlardan 40 million evro talab qilmoqda - bu mablag ʼ2025 yilgacha shartnomasi amalda bo'ladigan Otavio uchun tovon puli sifatida ko'rsatilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, 1 iyuldan boshlab bu summa 60 milliongacha o'sishi mumkin.
O'tgan mavsumda yarimhimoyachi Portugaliya chempionatida 26 ta o'yin o'tkazib, unda 8 ta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176