Andrey Shevchenko: «Tanlagan rejamiz ish berdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Evropa chempionatining nimchorak final bosqichida bo'lib o'tgan Shvetsiyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
– Qanotlarimizni xavfsizlantirishga qaror qildik. Yarim himoyachilarimizdan ko'proq ishlashni talab qildik, Yarmolenkoning pozitsiyasini biroz o'zgartirdik. O'yinni nazorat qilishga harakat qildik, ammo buni hamisha ham uddalay olmadik. Ammo jamoa mening ko'rsatmalarimni to'liq bajardi. Biz shoshmadik, to'pni qanotlardan qanotlarga ko'chirdik. Birinchi golni shunday tarzda urdik.
– G'alaba haqqoniy bo'ldimi?
– Har ikki jamoa juda yaxshi o'ynadi. Qiziqarli futbol bo'ldi. Hech kim yutqazishni istamadi. Shu bois, uchrashuv shunday dramagacha etib bordi.
– Malinovskiy zaxirada qoldi. Zinchenko esa chap qanot himoyasida o'ynadi. Buning sababi nimada edi?
– Bizda nostandart qarorlar qabul qilish borasida muammo yo'q. Ilk daqiqadanoq qanday o'ynashini bilardik. Uni qanday qilib kuchaytirish mumkinligini bilardik. Biz tanlagan reja ish berdi.
– Muxlislarning qo'llab-quvvatlashini his qildingizmi?
– Bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelganlarning barchasiga rahmat. Mening oilam va farzandlarim ham kelishdi. G'alaba qozonishni juda ham istagandik. Jamoamga minnatdorchilik bildiraman. Ular qahramonlik namoyish etishdi.
Shuningdek, prezidentimizga rahmat aytaman. U qo'ng'iroq qilib, jamoani qo'llab-quvvatladi. Bizga muxlislik qilishayotganini his qilamiz. Jamoa o'z o'yini bilan Ukraina muhabbatiga sazovor bo'ldi.
– Keyingi bahs Italiyada bo'ladi. Hissiyotlar qanday?
– Og'ir o'yin bo'ladi. Kimga qarshi o'ynashimizni bilamiz (Angliya). Hozir xursandchilik qilish uchun vaqt bor, ertaga esa Rimga uchamiz.

Bosh sahifaga
214