Katanets O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda ayrim Eron va arab nashrlari xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ayni paytda sloveniyalik mutaxassis bilan muzokara olib bormoqda. Eslatib o'tamiz, Vadim Abramov JCh-2022 saralashining uchinchi bosqichiga chiqa olmagani uchun iste'foga chiqarilgan edi.
Iroq futbol assotsiatsiyasi 6 oydan buyon Katanetsga maosh to'lamayapti. Shu bois, u mazkur masalada FIFA shikoyat kiritdi. Shuning uchun tomonlar amaldagi shartnomani bekor qilishlari kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Iroq terma jamoasi JCh-2022 saralashining uchinchi bosqichi yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218