Evro-2020. Ekstrataymlarning so'nggi soniyalarida gol urgan Ukraina chorak finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Evropa chempionati 1/8 final bosqichidan o'rin olgan Shvetsiya va Ukraina terma jamoalari bahsi o'z nihoyasiga etdi.
O'yin 1:2 hisobida Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni g'olib jamoa safida gollarni Aleksandr Zinchenko 27' va Artyom Dovbik 120' kiritgan bo'lsa, shvedlarning yagona javob goliga Emil Forsberg 43' mualliflik qildi.
Shvetsiya – Ukraina - 1:2 (1:1)
Gollar: Zinchenko, 27 - 0:1, Forsberg, 43 - 1:1, Dovbik, 120 - 1:2
Shvetsiya: Olsen, Lindelef, Danielsson, Augustinsson (Bengtsson, 83), Lyustig (Kraft, 83), Forsberg, Larsson (Klasson, 97), Ekdal, Olsson (Xelander, 101), Kulusevski (Kvayson, 97), Isak (Berg, 97).
Ukraina: Bushan, Zabarniiy, Krivtsov, Karavaev, Matvienko, Stepanenko (Makarenko, 95), Shaparenko (Malinovskiy, 61), Zinchenko, Sidorchuk (Bezus, 118), Yarmolenko (Dovbik, 105), Yaremchuk (Besedin, 90; Tsiigankov, 101).

Bosh sahifaga
167