"Leyptsig" portugaliyalik forvard transferini yakunlash arafasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Portugaliyalik hujumchi Andre Silva Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini tark etishga yaqin turibdi.
"Bild" nashrining ma'lum qilishicha, futbolchi «Leyptsig»ga 23 million evro evaziga ko'chib o'tishi kutilmoqda, ammo bonuslar tufayli bu miqdor 35 milliongacha ko'tarilishi mumkin.
«Buqalar» bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra, Silva yiliga 4 million evro maosh oladi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda 25 yoshli hujumchi Bundesliga to'purarlar poygasida 28 ta gol urib, ikkinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176