Umidjon Ergashevning sog'lig'i haqida ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Kecha O'zbekiston Superligasi 11 turi doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvining 75-daqiqasida qarshiliklar darvozaboni Umidjon Ergashev mezbonlar futbolchisi Shoxnazar Norbekov bilan to'qnashib ketishi natijasida tez tibbiy yordam mashinasida maydonni tark etgan edi.
Umidjonning hozirgi ahvoli haqida Qarshi klubi shifokori axborot berdi.
"Umidjon Ergashevga dastlabki tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Unga bosh miyaning engil chayqalishi va lab sohasining yirtilishi tashxisi qo'yildi. Umidjon hozir jamoamiz bilan birga va ahvoli qoniqarli darajada. Ergashev yana bir bor tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va shundan so'ng muolajalar tayinlanadi" deydi - "Nasaf" klubi shifokori Ma'ruf Berdiev
Biz ham saytimiz nomidan Umidjon Ergashev tezroq sog'ayib, jamoasi safiga qaytishini tilab qolamiz.

Bosh sahifaga
185