Keyn: "Germaniyaga qarshi shu narsaga e'tibor qarataman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Germaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan Evro-2020 1/16 final bosqichi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldin ham aytganimdek, hujumchi bo'lganingiz uchun siz turli xil daqiqalarni boshdan kechirishga majbur bo'lasiz: ham yaxshi, ham o'yini chiqmayotgan paytlarni, ammo hozir men uchun eng muximi, biz g'alaba qozonmoqdamiz.
Birinchi vazifa guruhdan chiqish edi. Endi chorak finalga chiqishga harakat qilamiz. Gol uramanmi yoki yo'qmi, asosiysi biz g'alaba qozonishimiz kerak. Germaniyaga qarshi shu narsaga e'tibor qarataman. Bizning butun jamoamiz singari", - dedi Keyn
Eslatib o'tamiz, Keyn Evropa chempionatining dastlabki ikki uchrashuvida 156 daqiqada darvozaga aniq zarba bera olmadi.

Bosh sahifaga
201