Kurtua: "Italiya bilan o'yinga tayyormiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Evropa chempionati nimchorak final doirasida Portugaliyaga qarshi kechgan bahs to'g'risida gapirdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
Tibo jamoasi bilan faxrlanishini bildirdi: «Dastlabki uch o'yinda ko'p ish qilmadim. Ammo portugallarga qarshi o'yinda vaziyat butunlay boshqacha bo'lishini bilardim. Jamoadoshlarim bilan faxrlanaman. Ular yaxshi himoyalandi. Italiya bilan qiyin uchrashuv bo'ladi, lekin bugun tayyor ekanimizni isbotladik».
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 1/8 final bosqichida bo'lib o'tgan o'yinda Belgiya Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226