Diash Portugaliyaning mag'lubiyatiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash Evropa chempionati 1/8 finalidagi Belgiyaga qarshi o'yin to'g'risida bildirdi. Bu haqda «Record» xabar berdi.
Diash jamoaning g'alabaga loyiq bo'lganini ta'kidladi:
«Bunday o'yin ko'rsatib musobaqani tark etish alamli. Nailoj, bir jamoa g'alaba qozonishi kerak, boshqasi esa — mag'lub bo'lishi. Ikkinchi taymda yaqqol ustunlik qildik, gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar yaratdik. Ammo to'p darvozaga kirishni xohlamadi. Biz boshimizni yuqori tutgan holda musobaqani tark etdik».
Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi Evro-2020 nimchorak finalida Belgiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chorak finalda Belgiya Italiya bilan to'qnashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226