Jaka: "Tanqidchilarni og'zini yopdik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Shveytsariya terma jamoasi sardori Granit Jaka Evropa chempionati pley-off bosqichida frantsuzlar ustidan qozonilgan g'alaba to'g'risida fikr bildirdi. Bu haqda «Blick» xabar berdi.
Shveytsariyaliklarning 28 yoshli sardori Frantsiyaga qarshi o'yin haqida shunday dedi:
«Tasavvur qilib bo'lmas hissiyotlarni boshdan kechiryapmiz. Biz bilan har bir shveytsariyalik faxrlanadi. Bu qaysidir o'rtamiyona jamoacha emas, Frantsiya edi. Biz haqimizda ko'p gapirishardi. Tanqidchilarning og'zini yopdik».
Ma'lumot o'rnida, Granit Jaka Frantsiya—Shveytsariya o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Avvalroq frantsuzlar darvozaboni mag'lubiyatga fikr bildirgani to'g'risida xabar berilgandi. Shuningdek, Shveytsariya terma jamoasi darvozaboni Frantsiyaga qarshi o'yin haqida nimalar degani ma'lum qilingandi.

Bosh sahifaga
232