Mourino: «Agar Angliya Germaniyani mag'lub etsa, ular finalgacha etib bora olishadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

Portugaliya terma jamoasi nimchorak finalda Belgiyaga mag'lub bo'lganidan keyin, Joze Mourino Angliyaga muxlislik qilishini ma'lum qildi. U «The Sun» nashriga bergan itervyusida o'zining bu boradagi tahminlari bilan o'rtoqlashdi.
«Agarda Angliya Germaniya bilan bahsda g'olib chiqsa, ular finalgacha etib bora oladi. Men Xarri Keynni Evropa kubogini qo'lga kiritishini ko'rishni xohlayman. Shaxsan men uchun bu o'yin nimchorak emas balki yarim final bahsiga teng. Kim yutishidan qat'iy nazar o'yin o'ta shiddatli o'tadi. Angliya bugungi o'yinni yutsa, chorak finalda Shvetsiya yoki Ukraina bilan, undan keyingi bosqichda esa Chexiya yoxud Daniya bilan to'qnash keladi. To'rttala jamoaga xam hurmatni saqlagan holda aytishim mumkinki, bugungi Angliya termasining salohiyati yukoridagi terma jamoalarni mag'lub qilish uchun bemalol etadi. Barchasi murabbiy Garet Sautgeytning tanlovlariga bog'liq.
To'g'ri, kelajakni oldindan ayta olmayman. Lekin tarixda xar hil holatlar bo'lgan. Ayrimlar «Angliyani penaltilar seriyasida omadsiz jamoa deyishadi. Bo'lmagan gap! Masalan, 2018 yilgi mundialda Angliya Kolumbiyani aynan penaltilar seriyasida mag'lub etgan edi. Albatta, bu bilan Germaniyadan qo'rqmaslik kerak deya olmayman. Nemislarda doimo kuchli ruhiy tayyorgarlik bo'lgan. Qolaversa, ular uzoq yillardan buyon yozgi turnirlarda ideal sport formasidagi futbolchilar bilan ishtirok etishadi.
Ammo so'nggi paytlardagi natijalariga qaraydigan bo'lsak, omadsiz o'yinlari ko'payib qolgan. Masalan, Millatlar ligasida Ispaniyaga 6-0 hisobida mag'lub bo'lishdi va kutilmagan holda Shimoliy Makedoniyaga JChga saralash bahslarida o'z uyida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramasdan, Yoaxim Lyov termani boshqarishda davom etdi. Joriy musobaqa o'tgach esa o'rnini Hansi Flikka bo'shatib berishini e'lon qildi.
Germaniya qanchalik shakllangan jamoa bo'lmasin, hozirgi kunda old chiziqda super hujumchisi mavjud emas. Angliyaning himoyasi esa hozirgi nemislar jamoasi uchun etarlicha mustahkam. Angliya guruh bosqichi davomida 3 ta asosiy himoyachi va qanot himoyachilari bilan o'ynadi. Bu to'g'ri yo'l edi. 3 ta o'yinda birorta gol o'tkazib yubormagani buning isboti. Oxirgi paytlarda, Germaniya tarkibida muvozanatni ushlab turuvchi futbolchilar Kimmix va Gosens bo'lib qolmoqda. Portugaliya bilan o'yinda ham ko'rindiki, nemislarning qanot himoyachilari o'z raqibini mag'lub etishda katta rol o'ynadi.
Keyn, Maunt, Rahim Sterling kabi hujumchilar bilan «nemis mashinasi»ni ishdan chiqarish mumkin. Xarxolda, men bunga ishonaman!
Jaloliddin Ismatov

Bosh sahifaga
212