Italiyalik forvardga Evropa grandlari xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Italiya terma jamoasi va "Torino" klubi hujumchisi Andrea Belotti Turin klubidan ketishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko'ra, «Torino» ushbu yozda futbolchini sotishni rejalashtirmoqda, chunki forvard klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortmoqda. Belottiga «Arsenal», «Napoli», «Roma» va «Milan» qiziqish bildirmoqda. Turin klubi esa o'z futbolchisi sotuvidan 34 million evro ishlab olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Belottiga «Liverpul» va «Manchester Yunayted» kabi klublar ham qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207