"Arsenal" "Benfika" himoyachisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Benfika"ning portugaliyalik himoyachisi Nunu Tavaresh Londonning "Arsenal" klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvitterdagi sahifasida xabar beradi. Manbaga ko'ra, futbolchi bilan shartnoma muddati 2026-yilgacha hisoblab chiqiladi.
"Kanonirlar" hozirda "Benfika" bilan transfer shartlari bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Portugaliya chempionatining yakunlangan mavsumida 21 yoshli Tavaresh 14 ta uchrashuv o'tkazdi. Transfermarkt portali futbolchini 7 million evroga baholamoqda. Tavareshning klub bilan shartnomasi 2024-yil yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220