Evro-2020. Gol urish bo'yicha tarixiy rekordni yangilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Hozirda Evropada davom etayotgan futbol bo'yicha qit'a chempionati 1/8 finalning navbatdagi o'yinlaridan so'ng musobaqada 118 ta gol urildi. Ushbu natija Evropa chempionatlari tarixidagi eng samarali natija bo'ldi.
Avvalgi rekord - 108 ta gol bo'lib, 2016 yilda o'rnatilgandi.
Shuni ta'kidlash kerakki, 24 ta jamoa ishtirokidagi Evro formati joriy etilguniga qadar Evro-2000 turniridagi 85 ta gol rekord hisoblangan.
Shuningdek, Evro-2020 har bir uchrashuvda o'rtacha 2,81 ta gol bilan eng yaxshi turnirlardan biri bo'lib turibdi. Avvalgi eng yaxshi natijalar esa quyidagicha:
Evro-2000 o'rtacha har bitta o'yinda 2,74 ta gol,
Evro-1984 har uchrashuvda o'rtacha 2,73 ta gol bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214