Mbappe penaltilar seriyasida gol ura olmagani uchun uzr so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Shveytsariyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, uchrashuvning asosiy va qo'shimcha bo'limlari 3:3 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Frantsiya 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mbappe jamoasining beshinchi penaltisini tepdi, ammo zarbani golga aylantira olmadi.
«Sahifani o'zgartirish qiyin. Musobaqani tark etganimiz uchun chuqur qayg'udamiz. Oldimizga qo'yilgan vazifaga erisha olmadik.
Ushbu penalti uchun kechirim so'rayman. Jamoaga yordam berishni istagandim, ammo "qovun tushirdim". Bunday holatdan keyin uxlash qiyin bo'ladi. Afsuski, futbolda shunday holatlar mavjud.
Siz muxlislar ranjigangizni bilaman. Bizni qo'llab-quvvatlaganingiz va bizga ishonganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.
Endi navbatdagi sinovlar oldidan yanada kuchli bo'lish muhim ahamiyatga ega. Shveytsariya terma jamoasini tabriklayman va ularga omad tilayman», – dedi Mbappe.

Bosh sahifaga
232