Belottiga APLdan ham taklif mavjud
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti Londonning «Arsenal» klubi qiziqish doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «kanonirlar» Belotti uchun 30 million evrodan ko'proq summa to'lashga tayyor. «Torino» o'z futbolchisini sotish ehtimoli mavjud, chunki Andrea jamoa bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda. Uning «buqalar» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga mo'ljallangan xolos.
So'nggi mavsumda Belotti A Seriyada 35 uchrashuv o'tkazdi. Uning hisobida 13 gol va 7 ta golli pas mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220