"Atletiko" yulduzi ikki oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

"Atletiko" va Portugaliya terma jamaosi hujumchisi Joau Feliks ikki oyni o'tkazib yuboradi, deya xabar beradi Marca.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi anchadan beri to'pig'idagi jarohatdan qiynalayotgan edi, shu sababli u operatsiya qilinadi. Forvard avgust oxirida safga qaytadi.
O'tgan mavsumda 21 yoshli Feliks "Atletiko" tarkibida barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026-yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200