"Real" sobiq futbolchisi "Levante"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Granada" hujumchisi Roberto Soldado "Levante"ga o'tdi, deya xabar beradi "Valensiya" klubi rasmiy sayti.
Transfer miqdori oshkor qilinmadi. Futbolchi "Levante" bilan 2023-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
36 yoshli Soldado "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum u 43 uchrashuv o'tkazdi, 14 gol urdi va ikkita golli pas berdi.
Soldado bundan oldin "Osasuna", "Xetafe", "Valensiya", "Tottenxem", "Vilyarreal" va "Fenerbaxche" jamoalarida o'ynagan. U Ispaniya terma jamoasi safida 12 o'yin o'tkazib, ettita gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229