"Vulverxempton"ning sobiq ustozi "shporlar" taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Vulverxempton"ning sobiq ustozi Nunu Eshpirito Santu "Tottenxem" murabbiyi bo'lishlikdan bosh tortdi va u "Fenerbaxche" murabbiyi bo'lishga qaror qildi, deb xabar beradi Radyo Gol.
Manba xabariga ko'ra, ingliz klubi Nunu bilan bir muncha vaqt muzokara olib borgan, ammo rad javobi olgan. Ta'kidlash joizki, "Tottenxem" murabbiyi bo'lishni allaqachon to'qqizta murabbiy rad etgan.
47 yoshli Nunu 2017-yildan 2021-yilgacha "Vulverxempton"ni boshqargan. U ilgari "Rio Ave", "Valensiya" va "Portu "bilan ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280