Portugaliya Evro-2020ni tark etgach, Ronaldu bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatining nimchorak final bosqichi doirasida Belgiyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng bayonot berdi.
"Portugaliya o'z maqsadiga erisha olmadi va musobaqani erta tark etdi. Ammo biz o'z o'yinimiz bilan faxrlanamiz. Evropa chempioni unvonini himoya qilish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildik. Jamoamiz portugaliyaliklarga quvonch taqdim eta olishi mumkinligini isbotladi. Muxlislar bizni boshidan oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. Biz esa ular uchun kurashdik. Ishqibozlar istagan joygacha etib bora olmadik. Ammo biz ularga minnatdorchilik bildiramiz. Belgiyani tabriklayman va boshqa jamoalarga omad tilayman. Biz esa yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz. Olg'a, Portugaliya!" - deya yozdi Ronaldu Instagram orqali.
36 yoshli Ronaldu Evro-2020 davomida 4ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol muallifiga aylandi. U gollarining 4tasini penaltidan urdi.

Bosh sahifaga
279